Chorva kompleksi va ekin yerlari, tepadan koʻrinish
Toshkent viloyati · 2026

Yopiq siklli qoramolchilik klasteri

Ekin yerlari, chorva kompleksi, halol qushxona, 3 000 tonnalik muzlatgich va ilmiy-tadqiqot markazi — bitta ishlab chiqarish zanjirida.

1 029 gajami maydon, shundan 1 000 ga ekin yerlari
2 959bosh Simmental zotli qoramol (boshida 1 000)
5 544 tgoʻsht va goʻsht mahsulotlari yiliga
6 188 tsut mahsulotlari yiliga
366doimiy ish oʻrni
Klaster

Toʻrt majmua — bitta zanjir

Ozuqa oʻz dalalarimizda yetishtiriladi, poda oʻz nasli hisobiga koʻpayadi, goʻsht sovuq zanjir orqali isteʼmolchiga yetib boradi.

Chorva kompleksiPoda va sut15 ga, 33 ta bino, binolar 3 000 boshga
Ilmiy-tadqiqot markaziNasl va diagnostikagenomika, embrion, laboratoriyalar
Ekin yerlari1 000 ga
Qushxona100 bosh/smena
Chorva kompleksi

500 × 300 metr

Ona sigirlar, buzoqlar, gʻunajinlar va boʻrdoqi mollar alohida hududlarda saqlanadi. Toza va texnik oqimlar ikki xil darvoza orqali ajratilgan.

1 250ona sigir
40 oʻrinkarusel sogʻish zali
12 tsutkasiga sut qayta ishlash
2 000 kVtquyosh panellari
Karusel sogʻish zali
Boʻrdoqi molxonalari7 ta molxona, 90 × 36 m
Molxona ichidaochiq tizmali tom, yon pardalar
Sutni qayta ishlashpasterizatsiya, qatiq, pishloq
Sut saqlashdarhol sovutish tanklari
Boshqaruv binosiofislar, oshxona, yotoqxona
Yem ombori4 ta don minorasi
Biogaz qurilmasigoʻngdan energiya va oʻgʻit
Xodimlar oshxonasikuniga issiq ovqat
Qushxona va muzlatgich

Halol soʻyishdan muzlatgichgacha

400 × 250 m, 10 gektar. Iflos va toza oqimlar kesishmaydi: mol gʻarbiy darvozadan kiradi, tayyor mahsulot sharqiy darvozadan chiqadi.

Rasm — 3D model vizualizatsiyasi
24 000bosh yiliga soʻyish
3 000 tmuzlatgich sigʻimi
300 m³sutkasiga oqova suv tozalash
40–50 %suv qayta ishlatiladi
Qushxona va muzlatgich 3D modeli
01

Qabul

veterinariya koʻrigi
02

Saqlash

soʻyishdan oldin
03

Halol soʻyish

qoʻlda
04

Sovutish

0…+4 °C
05

Boʻlaklash

va qadoqlash
06

Tez muzlatish

−35 °C
07

Muzlatgich

−18…−25 °C
08

Ekspeditsiya

refrijerator transport
Ilmiy-tadqiqot markazi

Nasl, genetika, diagnostika

5 qavatli bosh bino, ixtisoslashgan laboratoriyalar, issiqxonalar va 50 boshlik tajriba molxonasi. Markaz klasterga va hudud fermerlariga xizmat koʻrsatadi.

4 ga13 ta bino
9 600 m²bosh bino
250 oʻrinkonferensiya zali
BSL-2veterinariya laboratoriyasi
Ilmiy-tadqiqot markazi bosh binosi
8 000sunʼiy urugʻlantirish yiliga
2 000genomik tahlil yiliga
15 000diagnostika tahlili yiliga
600kishi oʻquv kurslarida yiliga
Raqamli qishloq xoʻjaligidronlar, sensorlar, tahlil
Tadqiqotchilar maydoniochiq ish muhiti
Tajriba molxonasiozuqa va nasl tajribalari
Oshxona-kafexodimlar va mehmonlar uchun
Ekin yerlari

Ozuqa toʻliq oʻzimizda

Bugʻdoydan keyin shu yerga takroriy silos ekiladi — bir yerdan ikki hosil. Biogazdan chiqqan organik oʻgʻit dalaga qaytadi.

1 000 gasugʻoriladigan yer
26 955 tsilos yiliga
5 614 tbeda pichani yiliga
40–50 %suv tejaladi
Ekin yerlari
Loyiha

Loyiha maqsadi va mahsulotlar

Genetik laboratoriya va oʻz ozuqa bazasiga tayangan holda qoramol yetishtirishdan goʻshtni qayta ishlash, muzlatib saqlash va isteʼmolchiga yetkazishgacha boʻlgan yagona qiymat zanjirini yaratish.

Ishlab chiqarish hajmi

MahsulotBirlik1-yil6-yil
Goʻsht va goʻsht mahsulotlarit2 0795 544
Sut mahsulotlarit2 7726 123
Qushxonada soʻyiladigan mollarbosh9 00024 000
shundan fermerlardanbosh9 00023 545
Naslli gʻunajinlar fermerlargabosh—199

6-yildan klaster toʻliq quvvatda ishlaydi: qushxona yuklamasi 80 %, poda 2 900 boshdan ortiq.

Bozor

Bozor va marketing

Mol goʻshtiga talab aholi soni va daromadi bilan birga oʻsmoqda, taklif esa asosan mayda xoʻjaliklarga tayanadi.

Bozor holati

  • 2026-yil 13-may holatiga 1 kg mol goʻshtining oʻrtacha narxi hududlar kesimida 94 300 – 139 600 soʻm (Markaziy bank «narxtahlil.uz», kun.uz).
  • 2026-yil aprelida suyakli mol goʻshti bir yilda 16,6 % qimmatlashgan (Davlat statistika qoʻmitasi).
  • Sovutish va muzlatib saqlash quvvatlari yetarli emas — mavsumiy narx tebranishlari kuchli.

Sotuv kanallari

  • savdo tarmoqlari va supermarketlar
  • restoranlar va oshxonalar (HoReCa)
  • davlat buyurtmalari: bogʻcha, maktab, harbiy va tibbiyot muassasalari
  • fermerlar: naslli gʻunajinlar va ilmiy xizmatlar
  • keyingi bosqichda — halol goʻsht eksporti
Texnologiya

Texnologiya va uskunalar

Uskunalar Yevropa Ittifoqi, Turkiya va Xitoy ishlab chiqaruvchilaridan xarid qilinadi, montaj mahalliy pudratchilar tomonidan bajariladi.

YoʻnalishTexnologiya
NaslchilikGenomik seleksiya, sunʼiy urugʻlantirish, embrion koʻchirish, raqamli nasl hisobi
SaqlashBoks joyli erkin saqlash, ochiq tizmali tom, yon pardalar, ventilyatorlar
Sogʻish40 oʻrinli karusel sogʻish zali, sut sifati sensorlari, darhol sovutish
OziqlantirishMikser-tarqatgichlar, ozuqa tahlili asosida ratsion
Ekin yetishtirishTomchilatib sugʻorish va fertigatsiya, takroriy silos, beda almashlab ekish
SoʻyishHalol qoʻlda soʻyish, osma relsli yoʻl, veterinariya-sanitariya ekspertizasi
Sovutish0…+4 °C kameralar, −35 °C tez muzlatish, −18…−25 °C muzlatgich
Oqova suvFlotatsiya, anaerob reaktor, aerob tozalash, filtrlash, UB zararsizlantirish
Energiya4 100 kVt quyosh panellari, biogaz, zaxira generatorlar
ChiqindilarGoʻsht-suyak uni, goʻngdan organik oʻgʻit
Arxitektura

Loyiha chizmalari

Majmualarning bosh rejalari, bosh bino fasadlari va oqova suv tozalash sxemasi. Kattalashtirish uchun chizmani bosing.

Ekologiya

Chiqindisiz ishlab chiqarish

Energiya, suv va chiqindilar klaster ichida qayta ishlanadi.

4 100 kVt

Quyosh va biogaz

Bino tomlarida quyosh panellari, goʻngdan biogaz va organik oʻgʻit.

IFC / BAT

Oqova suv

Xalqaro talablar darajasida tozalash, suvning bir qismi qayta ishlatiladi.

Qayta ishlash

Chiqindilar

Texnik chiqindilar goʻsht-suyak uniga, goʻng organik oʻgʻitga aylantiriladi.